Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muxlislar muz arenasiga 34 mingta yumshoq o‘yinchoq uloqtirib rekord o‘rnatishdi (video)
Foto: orsk-hockey.ru
AQShda Teddy bear toss an'anaviy xayriya aksiyasida yangi rekord o‘rnatildi. Amerika xokkey ligasining “Xyorshi” va “Bingemton” klublari o‘rtasidagi uchrashuvi vaqtida muxlislar muz arenasiga 34 ming 798 ta yumshoq o‘yinchoq uloqtirishgan.
We can watch this a thousand times #TeddyBearTossHershey pic.twitter.com/aonDNfOsjw
— Hershey Bears (@TheHersheyBears) 2 dekabrya 2018 g.
Uchrashuv Xyorshidagi Giant Center arenasida o‘tgan. To‘plangan o‘yinchoqlar 30 ta mahalliy xayriya muassasasi va bolalar uylariga tarqatiladi.
Teddy bear toss – xayriya aksiyasi bo‘lib, ilk bor 1993 yilda o‘tkazilgan. Muxlislar o‘yinga turli yumshoq o‘yinchoqlar olib kelishib, mezbon jamoa birinchi shaybani urganda ularni muz ustiga uloqtira boshlaydilar. Bu an'ana muz ustiga yot buyumlarning uloqtirilishini qarshilamaydigan Milliy xokkey ligasidan tashqari, butun dunyoda keng tarqalgan.
Avvalgi rekord 2015 yilda “Kalgari” klubi o‘yinida o‘rnatilgandi. O‘shanda 25 ming 17 ta o‘yinchoq to‘plashga muvaffaq bo‘lingan.
Mavzuga oid
10:07
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026