O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida lavozim tayinlovi ro‘y berdi
2018 yilning 3 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hay'atning kengaytirilgan majlisida TIV Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan Javhar Izomovni tanishtirdi.
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, u bunga qadar O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i, mamlakatning Turkmanistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tashqi ishlar vazirligida yangi lavozim tayinlovi ro‘y bergandi.
Iqboljon Soliyev Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Turizmni rivojlantirish sohasida xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.
Mavzuga oid
10:29 / 21.06.2024
Abdulla Aripov yangi lavozimlarga tayinlangan nomzodlarni hukumat a’zolariga tanishtirdi
10:35 / 14.03.2024
Samaradorlik ko‘rsatkichi «qoniqarsiz» bo‘lgan mansabdorlarning lavozimga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi
08:47 / 14.02.2024
Ta’limni rivojlantirish markazi direktori lavozimidan ozod etildi
08:04 / 29.11.2023