O‘zbekiston | 17:42 / 04.12.2018
25112
3 daqiqa o‘qiladi

5 dekabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Foto: KUN.UZ

Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 dekabr kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.  Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.  Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq bilan 3 daraja iliq o‘rtasida, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi  2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja  iliq bo‘ladi.

Mavzuga oid