Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:18 / 04.12.2018
8993
1 daqiqa o‘qiladi
Yaponiyada qish boshida rekord darajadagi anomal harorat: +26°S
Foto: Wikipedia
Yaponiyada qishning boshlanishi uchun juda noodatiy ob-havo kuzatilmoqda, havo harorati 26 daraja issiqni tashkil etyapti. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.
Aniqlik kiritilishicha, Tokioda dekabr oyining ilk kunlaridagi odatiy harorat 10 daraja iliqni tashkil etadi.
Shu bilan birga, ob-havoni kuzatish markazi mutaxassislari aholini momaqaldiroq va quyunlar haqida ogohlantirishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq FVV O‘zbekistonda dekabr oyi haqiqiy qish ob-havosi bilan boshlanishi haqida ma'lum qilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish