Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada ommaviy noroziliklardan keyin yonilg‘iga soliq oshirilishi yarim yilga muzlatildi
Fransiyada avtomobil yonilg‘isi oshirilishiga qarshi 3 haftadan beri tinmayotgan ommaviy noroziliklardan keyin yonilg‘i uchun soliqlar oshirilishiga yarim yillik moratoriy kiritildi.
Fransiya bosh vaziri Eduar Filippning telemurojaatda ma'lum qilishicha, qishki mavsum yakunlangungacha gaz va elektr energiya narxi ham ko‘tarilmaydi.
«Hech qanday soliqlar millat birdamligi xavf ostida qolganini oqlay olmaydi», – deb aytgan Filipp va fransuzlarning noroziliklarini eshitmaslik uchun «kar bo‘lish kerak», deb qo‘shimcha qilgan. Uning ta'kidlashicha, davlat tinchlik va jamoat tartibi saqlanishi uchun kafil hisoblanadi.
Bosh vazir shu bilan birga namoyishchilarni zo‘ravonlik qo‘llamaslikka chaqirgan.
Fransiyada ekologik islohotlar doirasida 2019 yil 1 yanvardan benzin va dizel yonilg‘isiga soliqlar oshirilishi rejalashtirilgandi. Shu sabab noyabr o‘rtalaridan Fransiyada yonilg‘i narxi oshirilishiga qarshi norozilik namoyishlari tinmayapti. Ushbu namoyishlar “sariq jiletlar” deb nom oldi.
O‘tgan dam olish kunlari namoyishlar vaqtida Fransiya ramzlaridan biri hisoblangan Triumfal arkaga jiddiy talofatlar yetkazildi. Bir guruh vandallar arkaning muzey xonalariga kirib, u yerni ostin-ustin qilgan.
Oxirgi o‘n yillar ichidagi eng yirik tartibsizliklar davomida talovchilik, avtomobillar va vitrinalarga o‘t qo‘yish holatlari qayd qilingan. Ko‘plab savdogarlar sayyohlar soni kamayib ketgani sababli ziyon ko‘rayotganlaridan arz qilmoqdalar.
Mavzuga oid
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:58 / 09.07.2026
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
22:18 / 05.07.2026