O‘zbekiston | 21:11 / 04.12.2018
15803
1 daqiqa o‘qiladi

Konstitutsiya kuni arafasidagi bayram konserti to‘liq jonli ijroda o‘tishi rejalashtirilmoqda

Foto: architravel

7 dekabr, juma kuni Toshkentdagi Forumlar saroyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tadigan an'anaviy bayramona tadbir tashkiliy jihatdan bu yil o‘zgacha sifatda o‘tkazilishi kutilmoqda.

«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi direktori Odiljon Abduqahhorovning Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, bayram konsertida ilk marotaba kuy-qo‘shiqlarning barchasi jonli ijro etiladi, ya'ni tantanada fonogrammadan foydalanilmaydi.

Shuningdek, kechada chiqish qiluvchi xonandalar tarkibi yetmish foizga yangilangan bo‘lib, bunda tashkilotchilar yangi iste'dod egalarining ishtiroki ta'minlanishiga alohida e'tibor qaratishmoqda. Stsenariydan uch yo‘nalishdagi: an'anaviy va akademik ijro san'ati namunalari hamda estrada vakillarining jonli chiqishlari o‘rin olgan.

Mavzuga oid