Konsertlarda fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi
Har chorakda respublikaning barcha hududlarida «Jonli ijro haftaligi» o‘tkaziladi.

Foto: Getty images
«Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 maydan:
- davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;
- konsert-tomosha tadbirlari reklamalarida tegishlicha «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» deb aniq ko‘rsatilishi lozim;
- Madaniyat vazirligi tomonidan ijodkorlarni «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» va «O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi» davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijro eta olish qobiliyati inobatga olinadi.
2025 yil 1 iyuldan:
- jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari bo‘yicha reklamalarni O‘zbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda efirga berish uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz miqdorida chegirma beriladi;
- jonli ijroda va fonogrammadan qisman foydalanilgan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari O‘zbekiston MTRK tizimidagi teleradiokanallarda tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy xulosasi asosida bepul efirga uzatiladi.
- har chorakda respublikaning barcha hududlarida «Jonli ijro haftaligi» o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
-
Yozuvchi Salom Rushdiyga hujum qilgan shaxs 25 yilga qamaldi
Jahon | 21:35 / 16.05.2025
Mavzuga oid

23:54 / 03.01.2023
Qirg‘izistonda san’atkorlarga fonogramma bilan kuylash taqiqlandi

13:05 / 16.12.2020
«Fonogramma kerak» – «O‘zbekkonsert» direktori fonogrammadan to‘liq voz kechish haqidagi savolga javob berdi

12:14 / 18.02.2019
O‘zbekiston yangi xalqaro shartnomaga qo‘shildi

21:40 / 27.12.2018