Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘pponcha bilan qurollangan keksa erkak Bolgariya prezidenti qabulxonasiga bostirib kirdi
To‘pponcha bilan qurollangan 71 yoshli pensioner Bolgariya prezidenti Rumen Radev qabulxonasiga bostirib kirdi. Bu haqda BTA axborot agentligi xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, erkak prezident ma'muriyati xodimlariga do‘q-po‘pisa qilgan. Voqea 3 dekabrda yuz bergan.
Jandarmeriya xodimlari erkakni qo‘lga olishgan va hozirda uni buni qilishga undagan sabablarni aniqlashtirishmoqda.
Radevning o‘zi ish joyida bo‘lmagan. U bu payt BMTning iqlim masalalari bo‘yicha anjumani o‘tayotgan Polshada bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
11:27 / 20.01.2026
Bolgariya prezidenti Rumen Radev iste’foga chiqishini e’lon qildi
20:55 / 31.12.2025