O‘zbekiston | 09:17 / 04.12.2018
1886
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va BAA siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazadi

Abu-Dabi shahrida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2018 yilning 5 dekabr kuni Abu-Dabi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari delegatsiyalari o‘rtasida vazirliklararo ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchilik qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid