Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni qiroli Qatar amirini Fors ko‘rfazi davlatlari sammitiga taklif qildi
Foto: Reuters
Qatar amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy Saudiya Arabistoni bilan diplomatik aloqalar uzilganiga qaramay, qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Sauddan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi sammitiga taklif oldi. Sammit 9 dekabrda Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qatar axborot agentligi ma'lum qildi.
Biroq amir ushbu taklifni qabul qilgani-yo‘qligi ma'lum qilinmagan. Biroq avvalroq Qatar hukumat mediaofisi vakili Doha qo‘shnilari bilan barcha kelishmovchiliklarni hal qilish uchun ochiq, o‘zaro ishonchli muloqotga doimo chaqirganini ma'lum qilgan.
Avvalroq Kuvayt tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Jaralla joriy yilda Saudiya Arabistonida o‘tadigan sammitga ko‘rfazning barcha 6 ta davlati, jumladan Qatar yetakchisi taklif qilinishini ma'lum qilgan.
Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatarni terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, bir yil avvalroq u bilan diplomatik aloqalarni uzgandi.
O‘tgan yilgi sammit Kuvaytda o‘tgan, unda ko‘rfazning 6 ta davlatidan faqat 2 davlati – Kuvayt va Qatar yetakchilari ishtirok etishgan.
Joriy uchrashuv AQSh va Fors ko‘rfazi davlatlari yetakchilari sammiti arafasida o‘tadi. Ushbu sammit Kemp-Devidda yanvar oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp ko‘rfaz davlatlarini Qatar bilan mojaroni bas qilishga bir necha marta chaqirgan. AQSh Dohani mintaqadagi muhim ittifoqdoshi deb biladi.
Mavzuga oid
18:27
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
18:36 / 12.01.2026
Tojikistonda 2026 yilgi Haj ziyorati narxi arzonladi
20:58 / 10.01.2026
O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi bahsda durang o‘ynadi
21:44 / 07.01.2026