Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashqi ishlar vaziri Rossiyaga qarshi «eng yaxshi sanksiya»ni ma'lum qildi
Foto: ukrinform
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbari Pavel Klimkin aynan nima Rossiya tomoniga qarshi «eng yaxshi sanksiya» bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu haqda «Yevropa haqiqati» yozmoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa munosabati bilan faqat Rossiya floti va sohilni qo‘riqlash xizmati rahbariyatiga qarshi sanksiya cheklovlarini joriy etish mumkin emas.
«Biz «Shimoliy oqim - 2»ni to‘xtatish kerakligi haqida gapirgandik. Aynan shu Rossiyaga qarshi eng yaxshi sanksiya bo‘ladi», - dedi Klimkin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa mamlakatlar portlarini Rossiya kemalari uchun yopib qo‘yish imkoniyati ham muhokama qilingan. Shu bilan birga, Klimkinning bildirishicha, ro‘y bergan hodisa yuzasidan Rossiyaga qarshi aniq choralar kelgusida muhokama qilinishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Rossiya qanday holatga tushib qolganini aytgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko ICTV telekanali efirida ma'lum qilishicha, Rossiya «total yakkalatib qo‘yilgan» holatda, Ukraina esa, aksincha, xalqaro arenadagi «faol o‘yinchi» hisoblanadi.
Mavzuga oid
07:38
Rossiya va Ukraina vaqtinchalik sulh e’lon qildi
21:06 / 04.05.2026
Yevropaliklar Rossiya ikki yil ichida NATO davlatiga hujum qilishga urinishini taxmin qilmoqda
09:23 / 04.05.2026
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
21:13 / 03.05.2026