Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko ICTV telekanali efirida ma'lum qilişiça, Rossiya «total yakkalatib qöyilgan» holatda, Ukraina esa, aksinça, xalqaro arenadagi «faol öyinçi» hisoblanadi. Prezidentning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirilgan.
Poroşenko sözlariga köra, Rossiyaning «total yakkalatib qöyilgani xalqaro muvofiqlaştiruv» natijasi sanaladi. Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Ukraina hukumati öz mamlakatini mustaqil ravişda himoya qiliş niyatida.
Şuningdek, Ukraina prezidenti Kiyevning xalqaro maydondagi «faol» örnini ta'kidlab ötdi hamda mamlakatda «işonçli ittifoqçilar» mavjudligini bildirdi.
«Xalqaro pozitsiyamizning muvaffaqiyati butunlay ravşan... Ukraina barça xalqaro forumlarda faol iştirok etib kelmoqda, biz Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça kuçli global koalitsiyani şakllantirdik», - deya xulosa qilgan Poroşenko.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko Putin haqida oçiq gapirgandi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklaş va Ukrainani egallab oliş istagi mavjudligini aytdi.
«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqçi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olişni istaydi. U özini Rossiya imperatori sifatida köradi, uning imperiyasi Ukrainasiz işlaşi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroşenko.
Poroşenko mamlakatni 2014 yilda boşqara boşlaganidan beri, uning sözlariga köra, Ukraina Rossiyaning mustamlakasi bölişdan töxtadi.












