O‘zbekiston va Tojikiston axborot sohasida maslahatlashuvlar o‘tkazdi
2018 yilning 4-5 dekabr kunlari Dushanbe shahrida tashqi siyosiy faoliyatni yoritib borish va OAV bilan hamkorlik qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarning birinchi raundi bo‘lib o‘tdi.
TIV xabariga ko‘ra, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Axborot, matbuot, tahlil va tashqi siyosiy rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i Vafo Niyatbekzoda Tojikiston tomoniga boshchilik qildi.
Maslahatlashuvlar davomida ommaviy diplomatiya sohasidagi faoliyat bo‘yicha tajriba almashildi, O‘zbekiston va Tojikistonning har tomonlama rivojlanayotgan aloqalari nuqtayi nazaridan ikki davlat axborot tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Keyingi maslahatlashuvlar Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik dasturiga muvofiq 2019 yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:32 / 31.10.2024
Tojikiston prezidenti ijtimoiy tarmoqlardagi «layk» uchun odamlarni ta’qib qilmaslikni talab etdi
14:16 / 31.10.2024
Tojikistonda Counter Strike va GTA videoo‘yinlarini taqiqlash taklif qilindi
15:00 / 19.10.2024
Tojikistonda KXShT mashg‘ulotlarining faol bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
22:55 / 12.10.2024