O‘zbekiston | 23:59 / 06.12.2018
6347
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda joriy yil davomida yong‘inlarda halok bo‘lganlar va jabrlanganlar soni ma'lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2018 yilning 11 oyi davomida respublikada 10680 ta yong‘in qayd qilingan.    

Bu yong‘inlar oqibatida 106 kishi hayotdan ko‘z yumgan va 309 kishi kuyish jarohatlari olgan. 2017 yilga nisbatan, yong‘inlar soni 680 taga, ya'ni 65 foizga, qurbonlar soni 27 nafarga (20 foiz) va jarohat olganlar soni 49 nafarga (14 foizga) kamaygan. Yong‘inlar vaqtida 73 kishining hayoti saqlab qolingan.

Shu bilan birga yong‘inlarning turli obektlarda, jumladan ochiq joylarda materiallarni saqlash obektlarida 30 foizga, omborlarda 27 foizga, ta'lim muassasalarida 19 foizga, madaniy-ko‘ngilochar, tibbiyot muassasalari va ishlab chiqarish sexlarida 15 foizga, ma'muriy-jamoat muassasalarida 14 foizga qisqarishiga erishilgan.  

Bundan tashqari, texnologik jarayonning buzilishi oqibatida kelib chiquvchi yong‘inlar soni 37 foizga, bolalarning sho‘xligi sababli – 10 foizga, alanga bilan ehtiyotsizlik qilish sababli – 9 foizga, transport vositalaridan foydalanish va qurilish qoidalarining buzilishi sababli – 5 foizga, elektr asboblar qoidalarining buzilishi oqibatida kelib chiquvchi yong‘inlar sonining 4 foizga qisqarishiga erishilgan.

Mavzuga oid