10:28 / 07.12.2018
18026

Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi

Foto: REUTERS

UFC'ning rossiyalik chempioni Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

Sportchining xabar berishicha, yengil vaznda faoliyatini yakunlashni xohlamoqda.

«66 kilogrammda vaznni ushlash juda og‘ir. Hatto 70 kilogramm qilganimda ham, juda qiynalib qolyapman. Ayni paytda vaznim 83 kilogrammni tashkil etadi. Agar 77 kilogramm qilsam, unda qafasga chiqqanda paytimda, vaznim 82 kilogramm bo‘ladi.

Ammo Vudli yoki Kamaru Usmon - odatda 91-92 kilogramm vaznga ega bo‘lgan, top darajadagi jangchilar. Ular 77 kilogrammgacha tashlashmoqda, lekin oktagonga chiqqanlarida, vazni 88-89 kilogrammgacha yetadi. Agar ularga qarshi chiqsam, o‘rtada 7-8 kg bo‘ladi. Bu juda katta farq. Shuning uchun mening divizionim - 70 kilogramm va men faoliyatimni aynan unda tugatmoqchiman», - deya javob qaytardi Nurmagomedov Saudiya Arabistonidagi Misk Talk forumi tomoshabinlaridan birining savoliga.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFC rahbari Nurmagomedov va Makgregorning navbatdagi raqiblarini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top