23:55 / 07.12.2018
8890

«Manchester Siti» yetakchilari «Chelsi»ga qarshi o‘ynamaydi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL 16-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga qarshi o‘yindan oldin, hujumchi Serxio Aguero va yarimhimoyachi Kevin De Bryuyne ahvoli haqida ma'lumot berdi.

«Har ikkalasi ham o‘ynamaydi. Ammo tez orada safga qaytishadi», - dedi Gvardiola.

Aguero shu haftada o‘tkazilgan mashg‘ulotda jarohat oldi. De Bryuyne noyabr oyining boshidan beri tizzasidan olgan jarohatini davolamoqda.

«Chelsi» – «Manchester Siti» o‘yini 8 dekabr kuni soat 22:30da boshlanadi.

Mavzuga oid
Top