Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK davlatlari neft qazib olish hajmini kamaytirish bo‘yicha bir qarorga kela olishmadi
OPeKga a'zo davlatlarning 6 dekabrdagi yig‘ilishi natijalariga ko‘ra neft qazib olish hajmini kamaytirish bo‘yicha bir qarorga kelinmadi. Bu haqda Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Falih jurnalistlarga ma'lum qildi.
“Biz hanuz buni muhokama qilmoqdamiz”, deb aytgan vazir.
Al-Falihning aytishicha, 7 dekabrda ham kelishuvga kelinishiga ishonch yo‘q. Vazirning ta'kidlashicha, Rossiya bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashi mavhum bo‘lib qolmoqda.
Al-Falihning ma'lum qilishicha, neft qazib olish hajmini kuniga 1 mln barrelga qisqartirish muhokama qilinmoqda. Biroq bunda asosiy muammo barcha ishtirokchilarning bunga rozi bo‘lishi hisoblanadi.
Iroq neft vaziri Tamir al-G‘adbanning jurnalistlarga ma'lum qilishicha, “OPeK davlatlari orasida bu borada hamfikrlik bor, biroq bu masalani OPeKga kirmaydigan davlatlar bilan muhokama qilishni davom ettirish lozim”. “Biz ertangi uchrashuvga katta umid bog‘lamoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan al-G‘adban.
Bloomberg axborot agentligi manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Rossiyaga neft qazib olish hajmini kuniga 300 ming barrelga qisqartirishni taklif qilmoqda, biroq Rossiya bu hajmni kuniga 150 ming barreldan ko‘proqqa qisqartirmoqchi emas.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
19:38 / 28.04.2026
BAA Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPeK va OPeK+) a’zoligidan chiqadi
08:17 / 20.03.2026