Toshkent viloyatida yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan mas'ul shaxs va fuqarolarga 625 mln so‘m jarima solindi
5 dekabr kuni Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tashabbusi bilan Chirchiq shahar Zakovat ko‘chasida joylashgan (hozirgi vaqtda faoliyati to‘xtatilgan) Sanoat-iqtisodiyot kasb hunar kollejida “Yong‘in o‘chirish taktik mashqi” o‘tkazildi.
Mashqda Chirchiq shahrini yong‘indan muhofaza qiluvchi 7-harbiylashgan yong‘in xavfsizlik qismidan 2 ta, 1-HYoHQdan 1 ta, 26-KYoHQdan 1 ta yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari, Chirchiq shahar Tibbiyot bo‘limiga qarashli Tez tibbiy yordam guruhi, gaz ta'minoti uchastkasi guruhi, elektr tarmoqlari guruhi, FVV guruhi va 27 nafar shaxsiy tarkib jalb qilindi.
Yong‘in o‘chirish taktik mashq davrida, ushbu kollejning 3 qavatida shartli ravishda yong‘in sodir etildi, yong‘in qisqa vaqt ichida o‘rab olinib, to‘liq bartaraf etildi. Shartli ravishdagi yong‘in joyidan 2 nafar fuqaro yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan qutqarib olib chiqildi.
Shuningdek, Toshkent viloyati IIB YoXB xabariga ko‘ra, Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan 2018 yilning 11 oyi mobaynida viloyat hududida joylashgan va ro‘yxatga olingan 17 ming 207 ta xalq xo‘jaligi kopxonalapidan 3 ming 27 tasining yong‘inga qapshi holati to‘liq tekshirib chiqildi, 2 ming 299 tasi nazorat tartibida tekshiruvdan o‘tkazildi, davlat tasarrufidagi maskanlarda 3 ming 123 marotaba kunduzgi tezkor tekshirildi, tunda insonlar qoladigan maskanlarda 2 ming 998 marotaba tungi tekshiruvlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tekshipuvlap mobaynida yong‘in chiqishi xavfi bo‘lgan 3 ming 965 ta korxona va alohida xonalarning ishi vaqtinchalik to‘xtatildi, 22 ming 159 ta nosoz elektp asbob–uskunalapi, agregat va elektr tarmoqlaridan foydalanish ta'qiqlandi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 6 ming 493 nafar mas'ul shaxs va fuqarolarga nisbatan 625 mln 175 ming 695 so‘m miqdorida jarima solindi.
Viloyatda yong‘in xavfsizligini ta'minlash borasida mavjud muammo, kamchilik va nuqsonlar bo‘yicha viloyat, shahar va tumanlar hokimliklariga 735 ta, yuqori tashkilotlarga 1 ming 71 ta axborotnoma hamda taqdimnomalar kiritildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 2018 yilning 11 oyi mobaynida viloyat hududida sodir bo‘lgan yong‘inlar 9,69 foizga, sodir bo‘lgan yong‘inlar natijasida fuqarolarni halok bo‘lish holati 14,2 foizga, yong‘inlarda insonlarni tan jarohati olish holatlari 2,8 foizga kamayishiga erishildi.