Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp BMTdagi doimiy vakil lavozimiga kimni tayinlash bo‘yicha bir qarorga keldi – Bloomberg
AQSh prezidenti Donald Tramp davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Xizer Nauertni AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimiga tayinlashga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Trampning bunday qaror qabul qilganini uch manba tasdiqlagan. Biroq hozircha ushbu lavozimni egallayotgan Nikki Xeyli qaysi lavozimga tayinlashi noma'lum. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
Nikki Xeyli 9 oktabrda AQShning BMTdagi doimiy vakili lavozimidan ketishini ma'lum qilgan. U bu lavozimni 2017 yil 27 yanvardan egallab kelmoqda.
Oktyabr oxirida Tramp ushbu lavozimga 5 nomzod bilan suhbat o‘tkazayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026