Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi sud Trampning noqonuniy migrantlar bo‘yicha talabini rad etdi
AQShdagi apellyatsiya sudi mamlakat yetakchisi Donald Tramp ma'muriyatiga noqonuniy migrantlar to‘g‘risidagi prezident farmonining amal qilish muddatini tiklash bo‘yicha rad javobi berdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap AQShda noqonuniy migrantlarga boshpana taqdim etishda rad javobi berish haqidagi Trampning farmoni haqida ketmoqda.
Ta'kidlanishicha, sud «AQSh qonunlariga zid bo‘lganligi» sababli qarorning amal qilish muddatini tiklashdan voz kechgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq meksikadagi migrantlar AQShda boshpana olish uchun ochlik e'lon qilishni rejalashtirayotgani xabar berilgandi.