O‘zbekiston | 08:16 / 08.12.2018
5859
1 daqiqa o‘qiladi

Milliy valyutada ifodalangan «Samarqand» obligatsiyalari London fond birjasida joylashtirildi

Foto: Shutterstock

Shu yilning 5 dekabrida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining (XMK) navbatdagi, milliy valyutada ifodalangan «Samarqand» obligatsiyalari London fond birjasida (London Stock Exchange) joylashtirildi. 

Markaziy bank xabariga ko‘ra, muddati 1 yil bo‘lgan obligatsiyalarning umumiy qiymati – 123 mlrd. so‘m, foiz stavkasi esa 9,45%ni tashkil etadi.

Obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘lar “Ipak Yo‘li” AITB banki tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

Bundan oldin XMK London fond birjasida uch marta - muddati 2 yil, umumiy qiymati 240 mlrd. so‘m bo‘lgan "Samarqand" obligatsiyalarni 9,45%-9,5% stavkalari bilan joylashtirgan edi. Olingan mablag‘lar "Hamkorbank" ATB bankining kichik biznes sub'yektlari loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid