Hujjatda XMI obligatsiyalarini röyxatdan ötkaziş, joylaştiriş va ularning muomalasi hamda ularni keyinçalik söndiriş jarayonlarini tartibga soluvçi normalar belgilangan. Röyxatdan ötkaziş kelişuv tartib-taomillaridan ötmasdan Yagona davlat reyestrida (YaDR) hisobga oliş orqali amalga oşiriladi.
Eng muhim şartlardan biri emitentning ILMA tasdiqlagan XMI röyxatiga kiritilişi hisoblanadi. Obligatsiyalar çiqarilişi yoki obligatsiyalar dasturini röyxatdan ötkaziş ariza va muayyan hujjatlar töplami asosida amalga oşiriladi. Hujjatlarni körib çiqiş muddati 15 iş kunidan oşmasligi kerak.
Obligatsiyalarni joylaştiriş va ularning muomalasi «Toşkent» fond birjasida amalga oşiriladi, bunda Markaziy bank bilan tijorat banklari örtasida RePO vositalaridan foydalanişga yöl qöyiladi. Emitent obligatsiyalarni joylaştiriş va ularning muomalasi tugaganligi haqida vakolatli davlat organini xabardor qilişi şart.
Şuningdek, ularning röyxatdan ötkaziş raqami YaDRdan çiqarib taşlangan holda söndirilgan obligatsiyalarni bekor qiliş tartib-taomili nazarda tutilgan.
XMI obligatsiyalari birja qimmatli qoğozlari şaklida çiqarilişi mumkin, ular böyiça daromadlarni tölaş va ularni söndiriş korporativ obligatsiyalar uçun belgilangan qoidalar singari tartibga solinadi. Banklar tomonidan bunday obligatsiyalar sotib olinganda Markaziy bankning prudensial me’yorlari va risklarni boşqariş talablari qöllaniladi.
Axborotni oşkor qilişga alohida e’tibor berilgan: emitent obligatsiyalar haqidagi ma’lumotlarni Korporativ axborotning yagona portalida yoki özining rasmiy veb-saytida joylaştirişi şart. Talablarni buzganlik uçun qonunçilikka muvofiq javobgarlik belgilangan.
Qabul qilingan çoralar Özbekistonda XMI faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratiş, investitsiyalarni jalb qilişni faollaştiriş va içki moliya bozorini rivojlantirişga qaratilgan.

















