Volvo ketma-ket ikkinchi yildirki Yaponiyada eng zo‘r avtomobil deb topilmoqda

Har yili o‘tkaziladigan Yaponiyaning eng zo‘r avtomobili JCOTY tanlovi tashkilotchilari bu yilgi g‘olibni aniqlashdi. Tanlovda ikkinchi yildirki, Volvo rusumli avtomobil g‘olib chiqmoqda. XC40 krossoveri g‘olib chiqdi, o‘tgan yili g‘oliblik XC60ga nasib etgan edi. Mahalliy 60 nafar jurnalistlardan iborat hakamlar hay'ati mashinani dizayni, interer jihozlanishi sifati, ixcham o‘lchamlari va xavfsizlik darajasiga qarab baholashgan, deb yozadi motor.ru.
Bu yil 27 nominantlar orasidan yaponlarning faqatgina 10 modeli o‘rin oldi. Kunchiqar yurt nomidan Subaru Forester, Daihatsu Mira Tocot, Toyota Corolla Sport, Toyota Crown, Lexus LS, Nissan Serena e-Power, Honda Clarity PHEV, Honda CR-V, Mazda CX-8 va Mitsubishi Eclipse Cross kabi mashinalar qatnashishdi. Finalga oltita yapon va yevropaliklarning to‘rtta mashinasi chiqdi. Hakamlar hay'atining har bir a'zosi 25 ballni bu mashinalar o‘rtasida taqsimlab chiqishi va ularning yig‘indisi g‘olibni aniqlab berishi kerak edi.
Marka |
Ball |
Volvo XC40 |
363 |
Toyota Corolla Sport |
314 |
Volkswagen Polo |
197 |
Toyota Crown |
170 |
Mitsubishi Eclipse Cross |
156 |
Mazda CX-8 |
111 |
Alfa Romeo Stelvio |
106 |
BMW X2 |
47 |
Honda Clarity PHEV |
36 |
Mazkur tanlov o‘tkazilayotganidan buyon bor-yo‘g‘i uch bor xorijiy avtomobil g‘olib chiqmoqda. 2017 va 2018 yillarda ular Volvo XC60 va XC40, 2014 yilda esa — Volkswagen Golf bo‘lgan. Bu yil Volvo bilan Alfa Romeo Stelvio, BMW X2 va VW Polo raqobatga kirishishgandi.
Volvo XC40ʼdan tashqari Honda Clarity PHEV (eng innovatsion), BMW X2 (eng emotsional) va Daihatsu Mira Tocot (eng yaxshi key-kar) mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. Honda N-Van furgonlar oilasiga ham maxsus sovrin berildi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi
Jahon | 01:09
-
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
Jahon | 00:15
-
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
Jahon | 23:51 / 19.05.2025
-
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:26 / 19.05.2025
Mavzuga oid

20:52 / 05.09.2024
Volvo 2030 yilga borib faqat elektromobillar sotish rejasidan voz kechmoqda

18:19 / 08.06.2023
Volvo EX30 elektromobilini taqdim etdi

12:00 / 11.05.2021
Xavfsiz va keng funksionallikka ega oilaviy mashinalarni haydash vaqti keldi!

15:39 / 02.03.2021