Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya rossiyalik josuslarni bir necha qotilliklarga aloqadorlikda gumon qilmoqda
Buyuk Britaniya hukumati Rossiya bir qator shov-shuvli o‘limlarga aloqadorligini gumon qilmoqda. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar bergan.
Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaga uyushtirilgan suiqasdni tekshirayotgan mutaxassislar rasmiy Moskva kamida ikki kishining o‘limiga aloqadorligini ko‘rsatadigan dalillarni aniqlashgan: biznesmenlar Aleksandr Perepelichniy va Skot Yang.
«Tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, Rossiya razvedkasi xodimlari sirli o‘limlar ro‘y bergan vaqtda mamlakat hududida bo‘lishgan, ular o‘limlardan oldin kelib, o‘limlardan keyin ketishgan. Bir qancha shov-shuvli o‘limlar, jumladan Perepelichniy va Yangning o‘limlari juda shubhali tarzda ro‘y bergan», — deya yozadi gazeta.
Sergey Skripal va uning qizi Yuliya shu yilning 4 martida Solsberida zaharlanishgandi. Buyuk Britaniya hukumati bu suiqasdda Rossiyani ayblagan, rasmiy Moskva barcha ayblovlarni rad etgan.
Bellingcat va The Insider tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bu suiqasdni sodir etishda gumon qilinganlardan biri bo‘lmish Boshirov aslida Rossiya harbiy razvedkasi polkovnigi Anatoliy Chepiga hisoblanadi, ikkinchi gumondor Petrov esa — harbiy vrach, u aslida GRU xodimi Aleksandr Mishkindir.
Perepelichniy 2012 yili Britaniyaning Veybrij shahrida o‘ldirilgan. U Sergey Magnitskiyning Rossiya qamoqxonasida vafot etishi ishi bo‘yicha G‘arb davlatlari bilan hamkorlik qilgandi. Tergovchilar ushbu biznesmen zahar bilan o‘ldirilganini gumon qilishgan.
Multimillioner Skot Yang 2014 yilda vafot etgan. Ommaga u bankrotlikdan keyin o‘zini o‘ldirgani aytilgan, ammo ayrim talqinlarga ko‘ra uning o‘limi do‘sti Boris Berezovskiyning o‘ldirilishi bilan bog‘liqdir.
Mavzuga oid
09:58
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:58
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026