Xitoy Huawei direktori hibsga olinishi sababli AQSh elchisiga norozilik bildirdi
Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Le Yuychen 9 dekabrda AQShning Xitoydagi elchisini chaqirtirib, AQSh so‘rovi bilan Kanadada Huawei moliyaviy direktori Men Vanchjouning ushlanishi sababli unga qat'iy norozilik bildirdi.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, Xitoy AQShdan Men Vanchjouning hibsga olinishiga so‘rovini zudlik bilan qaytarib olishini talab qilmoqda.
“AQShning bunday harakatlari Xitoy fuqarosining qonuniy huquqlari va manfaatlarini jiddiy buzadi va juda yomon xatti-harakat hisoblanadi. Xitoy shu munosabat bilan o‘z noroziligini bildiradi va AQShni yo‘l qo‘yilgan xatolarni tuzatish bo‘yicha choralar qabul qilib, Xitoy fuqarosini hibsga olishga orderini bekor qilishga chaqiradi”, deyilgan xabarda.
“Xitoy AQSh harakatlariga mos ravishda keyingi javob choralarini ishlab chiqadi”, deb qo‘shimcha qilgan Xitoy vakili.
Avvalroq Le Yuychen Kanadaning Xitoydagi elchisi bilan uchrashuvda Huawei moliyaviy direktorining zudlik bilan ozod etilishini hamda uning qonuniy huquqlari va manfaatlariga amal qilinishini kafolatlashni talab qilgan. “Aks holda bu o‘z ortidan og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaradi va bunga Kanada tomoni to‘liq javobgar bo‘ladi”, deb aytgan Le Yuychen.
Huawei Technologies kompaniyasi moliyaviy direktori Men Vanchjou 1 dekabrda Vankuverda ushlangan. Men Vanchjou firibgarlik, xususan, AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Eron bilan ishlaganlik ayblovlari sababli AQSh murojaati bilan hibsga olingan.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024