Abu-Dabida ishsiz fuqarolarga nafaqa to‘lash to‘xtatilishi mumkin
BAAning Abu-Dabi amirligi rahbariyati ishsiz fuqarolarni ishlashga undash maqsadida ularga nafaqalar to‘lashni to‘xtatmoqchi. Bu haqda BAAning The National nashri xabar berdi.
Abu-Dabining jamoat rivojlanishi departamenti direktori Mug‘ir al-Haylining ma'lum qilishicha, amirlikning taklif qilingan ishdan uch marta bosh tortadigan ishga layoqatli kishilari ijtimoiy yordam olish huquqidan mahrum etiladi.
«Biz fuqarolar ishga layoqatli bo‘lsa, ularni nafaqalarga tobe qilib qo‘ymay, ularga ish topib berishimiz kerak», deb aytgan al-Hayli.
BAA hukumati o‘z fuqarolariga ish izlashda faol ko‘mak ko‘rsatadi.
«Ba'zi davlatlarda ota-onalar, keyin esa ularning farzandlari, farzandlarining farzandlari ijtimoiy yordam oladi. Natijada oilalarning butun avlodlari nafaqaga qarab yashaydi – biz BAAda bunday bo‘lishini istamaymiz», deb qo‘shimcha qilgan al-Hayli.
Hozirda BAAning ishsiz va oilasiz fuqarolariga to‘lanadigan nafaqaning minimal miqdori 6 ming dirhamni (1,6 ming dollar), oilali va farzandli fuqarolarga to‘lanadigan nafaqa miqdori esa ko‘proqni tashkil qiladi.
Abu-Dabida BAA fuqarolari uchun o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqi 10 ming dirhamni (2,7 ming dollar) tashkil qiladi.
Mavzuga oid
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024