O‘zbekiston | 21:10 / 10.12.2018
4387
3 daqiqa o‘qiladi

Investor va tadbirkorlarga avtomobillarning pullik to‘xtash joylari uchun uchastkalar ajratib beriladi

Vazirlar Mahkamasining «2018–2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi qarori qabul qilindi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining investorlar va tadbirkorlik sub'yektlariga:

  • pullik magistral yo‘llar qurish bo‘yicha investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda yo‘l va yer uchastkalarini;
  • yo‘l harakati monitoringi va shaxs yuzini va transport vositasining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqamini aniqlashning intellektual videokameralari integratsiyalashgan tizimlarini joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun yo‘l uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • avtomobil yo‘llari bo‘ylab to‘lov avtomatlari o‘rnatilgan pullik avtomobil to‘xtash joylariga va avtomotransport vositalari joylashtirilgani uchun haq to‘lash qoidalari buzilganini qayd etadigan axborot tizimlariga ega bo‘lgan pullik to‘xtash joylari tashkil etish uchun yo‘l uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan, bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomototransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini ularning negizida avtomototransport vositalari joylashtirilgani uchun haq to‘lash qoidalari buzilganini qayd etadigan axborot tizimlariga ega bo‘lgan zamonaviy pullik avtomobil saqlash joylari tashkil etish uchun — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • yo‘l bo‘yi infratuzilma obektlari, shu jumladan, kempinglar, motellar, haydovchi va yo‘lovchilar dam oladigan, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatiladigan va ta'mirlanadigan boshqa joylarni, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va boshqalarni qurish uchun investorlar va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan avtomobil yo‘llari bo‘yidagi hududlarni obodonlashtirish majburiyatlari olingan holda yer uchastkalarini — 10 yilgacha bo‘lgan muddatga berish shaklida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda zamonaviy yo‘l infratuzilmasini tashkil etish sohasiga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish haqidagi taklifiga rozilik berilmoqda.
Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid