Sport | 12:57 / 10.12.2018
8521
10 daqiqa o‘qiladi

Italiya derbisidagi keskin kurash, Rim klublarining so‘nggi daqiqalardagi sustkashligi – A Seriyada tur voqealari

Foto: Getty Images

Dam olish kunlari Italiya chempionatida 15-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.

ITALIYa DeRBISIDA «YuVeNTUS» G‘ALABA QOZONDI

«Yuventus» va «Inter» klublari o‘rtasidagi Italiya derbisi deb nomlanadigan o‘yin qiziqarli va tomoshabop tarzda o‘tdi. Muxlislar har ikkala jamoaning murosasiz, keskin kurashlarga boy o‘yinining guvohi bo‘lishdi.

Birinchi bo‘limda «Inter» biroz ustunlik qildi, ammo bir necha xavfli vaziyatlardan unumli foydalana olmadi. Ikkinchi bo‘limda tashabbus «Yuventus»ga o‘tdi va turinliklar yagona golni urishga muvaffaq bo‘lishdi. 66-daqiqada jarima maydoniga havodan yetkazilgan to‘pni Manjukich boshi bilan darvozaga yo‘lladi.

«Yuventus» hisobdagi kichik ustunlikni saqlab qoldi va 43 ochko jamg‘arib, peshqadamlikni yanada mustahkamladi.

O‘yindan so‘ng, turinliklar ustozi Massimiliano Allegri g‘alabaga quyidagicha izoh berdi: «Inter» o‘yinni yaxshi boshladi. Ularning tarkibida Joau Mariu va Galyardini yaxshi o‘ynadi. Biz ularni yopish uchun katta kuch sarfladik. Ikkinchi bo‘limda Manjukichni chap qanotga o‘tkazdim, natijada Dibala o‘yini biroz yaxshilandi. Biz tezkor o‘ynab, raqibga bosim uyushtira boshladik. Ikkinchi bo‘limda tashabbus biz tomonda bo‘ldi. Hali chempionat yakunlanmadi, ammo mag‘lubiyatga uchramasligimiz shart edi».

«Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi: «Biz o‘yinni yaxshi o‘tkazdik, ammo «Yuventus» xatoga yo‘l qo‘ymadi. Gol o‘tkazib yuborgach, tashabbusni boy berdik. «Yuventus» juda aqlli o‘ynadi, biz esa afsuski, nodonlarcha. Kimnidir ayblash juda oson, biroq ijobiy holatlarni ham qayd etgan bo‘lardim. Biz tezkorlik bilan orqaga qaytib, to‘g‘ri himoyalanishni uddaladik».

Yuventus – Inter 1:0 (0:0, 1:0)
7 dekabr, «Alyants Stedium» 
Gol: 1:0 – 66 Manjukich. 
Yuventus – Shchensni, Joau Kanselu, Bonuchchi, Kellini, De Shilo, Bentankur, Pyanich (Djan, 82), Matyuidi, Dibala (Duglas Kosta, 72), Ronaldu, Manjukich.
Inter – Xandanovich, Vrsalko, Shkrinyar, Miranda, Asamoa, Galyardini (Keyta Balde, 70), Brozovich, Joau Mariu (Martines, 77), Politano (Valero, 58), Ikardi, Perishich.
Ogohlantirishlar: Pyanich (6), Bentankur (54), Perishich (55), Brozovich (57).

«NAPOLI» AUTSAYDeR BILAN IShONChLI TARZDA ORANI OChIQ QILDI

«Napoli» o‘z maydonida chempionat autsayderi «Frozinone»ni qabul qilib, 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani nishonladi. Polshalik hujumchi Arkadiush Milik bahsda 2ta gol urishga erishdi. Unas va Zelinski o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yishdi. 

O‘yinda neapollik muxlislar uchun yana bir yoqimli voqea yuz berdi. Og‘ir jarohat olib, 1 yildan ortiq vaqt davomida davolangan himoyachi Favzi G‘ulom to‘liq sog‘ayib, yana maydonga qaytdi.

«Napoli» bellashuvda biroz kuchini ayab o‘ynayotgani sezilib turdi. Chunki shu haftada jamoani «Liverpul»ga qarshi Chempionlar Ligasi o‘yini kutib turibdi. Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 35 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

O‘yindan so‘ng, mezbonlar ustozi Karlo Anchelotti g‘alabaga quyidagicha izoh berdi: «Albatta bu o‘yin bilan «Liverpul»ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rdik. «Frozinone» himoyaviy uslubda o‘ynadi, shu tufayli, tezkor urilgan gol bizga foydali bo‘ldi. Jamoaning o‘yinidan mamnunman. Angliyaga g‘alaba uchun yo‘l olamiz».

RIM KLUBLARI SO‘NGGI DAQIQALARDAGI SUSTKAShLIK QURBONI BO‘LIShDI

Bu tur Rim shahri klublari uchun omadsiz keldi. «Roma» va «Latsio» g‘alaba qozonib turgan o‘yinlarining so‘nggi daqiqalarida gol o‘tkazib yuborib, muhim ochkolarni yo‘qotishdi.

«Roma» safarda «Kalyari» mehmoni bo‘ldi va 2:0 hisobida oldinda borayotgan va 2 futbolchi ko‘p bo‘lib o‘ynayotgan bo‘lsa-da, oxirgi daqiqalarda 2ta gol o‘tkazib yuborib, g‘alabadan mahrum bo‘ldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning beshinchisida Sau tomonidan darvozaga kiritilgan to‘p «Kalyari»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

«Latsio» o‘z maydonida «Sampdoriya»ni qabul qildi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlanishga yaqin turganida, 1 futbolchi ko‘p bo‘lib o‘ynayotgan rimliklar penalti tepish huquqini qo‘lga kiritishdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 6-daqiqada Immobile uni aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ammo «Latsio»ga bu o‘yinda g‘alaba qozonish nasib etmadi. Qo‘shib berilgan 9-daqiqada «Sampdoriya» hujumchisi Saponara rimliklar darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Bu natijalardan so‘ng, «Latsio» 25 ochko bilan 5-o‘rinda, «Roma» esa 21 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda.     

A SeRIYa 15-TURINING BARChA NATIJALARI

9 dekabr
Sassuolo – Fiorentina 3:3 (0:0, 3:3)
Gollar: 1:0 – 62 Dankan, 2:0 – 67 El-Babakar, 2:1 – 70 Simeone, 3:1 – 80 Sensi, 3:2 – 89 Benassi, 3:3 – 90+6 Miralyas. 
Chetlatishlar: Jurichich (86, Sassuolo), Milenkovich (90, Fiorentina).

Udineze – Atalanta 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 2 Sapata, 1:1 – 12 Lazanya, 1:2 – 62 Sapata, 1:3 – 80 Sapata. 

Empoli – Bolonya 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 10 Kaputo, 1:1 – 41 Poli, 2:1 – 80 la Gumina. 

Parma – Kevo 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 46 Stempinski, 1:1 – 53 Brunu Alvesh. 
Chetlatish: Depaoli (73, Kevo).

Jyenoa – SPAL 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 15 Petanya, 1:1 – 38, penalti Pentek. 
Chetlatish: Krishito (11, Jyenoa).

Milan – Torino 0:0 

7 dekabr 
Yuventus – Inter 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 66 Manjukich. 

8 dekabr
Napoli – Frozinone 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Zelinski, 2:0 – 40 Una, 3:0 – 68 Milik, 4:0 – 84 Milik. 

Kalyari – Roma 2:2 (0:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 14 Kristante, 0:2 – 41 Kolarov, 1:2 – 84 Ionitse, 2:2 – 90+6 Sau. 
Chetlatishlar: Srna (90+3, Kalyari), Cheppitelli (90+5, Kalyari).

Latsio – Sampdoriya 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 21 Kualyarella, 1:1 – 79 Acherbi, 2:1 – 90+6, penalti Immobile, 2:2 – 90+9 Saponara. 
Chetlatish: Bereshinski (89, Sampdoriya).

A SeRIYa JADVALI

A SeRIYa TO‘PURARLARI

11 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa, 2 pen)
10 - Chiro Immobile (Latsio, 2), Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 2)
8 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Fabio Kvalyarella (Sampdoriya), Mauro Ikardi (Inter, 2)
7 - Mario Manjukich (Yuventus), Dris Mertens (Napoli, 1), Lorentso Insine (Napoli), Arkadiush Milik (Napoli)

A SeRIYa 15-TURINING RAMZIY TeRMA JAMOASI

A SeRIYa 16-TUR O‘YINLARI

15 dekabr
Inter - Udineze
Torino - Yuventus
16 dekabr
SPAL - Kevo
Sampdoriya - Parma
Fiorentina - Empoli
Frozinone - Sassuolo
Kalyari - Napoli
Roma - Jyenoa
17 dekabr
Atalanta - Latsio
18 Dekabr
Bolonya - Milan

HAFTANING BOShQA MUHIM VOQeALARI

«Yuventus» top-chempionatlar tarixidagi rekordni takrorladi

«Yuventus» A Seriya 15-turining ilk o‘yinida «Inter»ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, ochkolar sonini 43taga yetdi. 

Klub 15ta o‘yinda shuncha ochko jamg‘arib, bu borada kuchli beshlik chempionatlari orasida rekordchi hisoblanuvchi «PSJ»ning natijasini takrorladi. Qayd etish kerak, «Keksa sinora» 15ta bahsning 14tasida g‘alaba qozonib, faqat oktabr o‘rtasida «Jyenoa» bilan durang o‘ynagan. To‘plar nisbati – 32:8.

A Seriyada xorijlik murabbiy qolmadi

«Jyenoa» klubi Chezare Prandelli bilan shartnoma imzoladi va uni bosh murabbiy qilib tayinladi.

Natijada, A Seriya klublarida birorta xorijlik murabbiy qolmadi. So‘nggi 12 yil ichida ilk marotaba Italiya chempionati yuqori ligasi klublarini faqat mahalliy mutaxassislar boshqarmoqda.

A Seriyaning polshalik to‘purari ajoyib sermahsullikni namoyish qilmoqda

«Jyenoa» hujumchisi Kshishtof Pyontek o‘rtacha hisobda bir o‘yinda bittadan gol urmoqda: u mavsum boshidan buyon Italiya kubogining 2 o‘yinida 6ta, A Seriyaning 15ta o‘yinida 11ta – jami 17ta bahsda 17 marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi.

Ma'lumot uchun, 23 yoshli futbolchi Italiyada debyut mavsumini o‘tkazmoqda. U bunga qadar Polsha klublarida o‘ynagan, «Jyenoa» uni shu yil yozda 4 mln yevroga sotib olib, 4 yillik shartnoma imzolagandi. 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid