Ronaldu: «Real» qarshimizdan chiqsa, bor mahoratimni ishga solaman»
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu hozirgi jamoasi va sobiq klubi «Real»dagi muhit o‘rtasidagi farqlar haqida gapirib berdi.
«Aytishim mumkinki, men hech qachon bu yerdagidek ahil jamoadoshlar davrasida bo‘lmaganman. Bu yerda biz – bir jamoamiz.
Boshqa klublarda ba'zi o‘yinchilar o‘zlarini boshqalardan yuqoriroq deb his qiladi. Bu yerda esa hamma bir chiziqda joylashgan: bizda barchasi oddiygina.
Dibala yoki Manjukich gol ura olmasalar ham baribir xursand bo‘lib, ko‘tarinki kayfiyatni saqlab qolishadi. Menimcha, bu – juda ajoyib. Shu tomondan farqni ko‘ryapman.
Ronaldu: «Messini sog‘indimmi? Yo‘q, aksincha – u meni sog‘ingan bo‘lsa kerak!»
Real»da ham kamtar futbolchilar jamlanishgan, ammo... bu jihatni «Yuventus»da ko‘proq his etyapman. Klubdagi hamma narsa «Real»dagidan farq qiladi. Bir oiladek bo‘lish hissi bu yerda kuchliroq.
Tarix ortda qoldi. Endi mep «Yuventus» bilan g‘alabalarga erishishni, shu klub sharafini himoya qilishni istayapman. Qolgani muhim emas. Agar «Real» bilan to‘qnash kelsak ham, bor kuchim bilan harakat qilaman.
Yangi o‘yinchilar? Xames, Beyl va Asensio haqida yozishayotganiga ko‘zim tushdi, lekin ochig‘ini aytganda «Yuventus»ga yangi futbolchi shart emas. Qolganini prezidentdan so‘raganingiz ma'qul», - degan Ronaldudan iqtibos keltirdi La Gazzetta dello Sport.
Krishtianu Ronaldu: «Oltin to‘p»ni har yili men olishim kerak»
Mavzuga oid
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024