Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT suriyalik qochqinlarga 5 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ ajratadi
BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi 2019-2020 yillar uchun suriyalik qochqinlarga yordam rejasini taqdim qildi.
Reja Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr va Iroq hududiga ko‘chib o‘tgan suriyaliklarni qamrab oladi. Ularni qo‘llab-quvvatlashga 5,5 mlrd dollar ajratiladi.
“BMT idoralari va hamkor nohukumat tashkilotlari qochqinlarga hududiy yordam rejasini e'lon qildi. 5,5 mlrd dollarlik bu reja Suriya inqrozining ta'sirini o‘nglay olish uchun Turkiya, Livan, Iordaniya, Misr va Iroq tomonidan milliy darajada amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan”, deyilgan xabarda.
Bu pullardan bir qismi davlatlar byudjyetlariga, qolgani esa suriyaliklarni qabul qilayotgan mahalliy jamoalar ehtiyojlariga beriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarda hammasi bo‘lib 5,6 mln suriyalik qochqin, jumladan bir millionga yaqin chaqaloq qayd qilingan.
Mavzuga oid
11:23
“2030 yilga borib suv tanqisligi 15 mlrd kub metrga yetadi” – suv vaziri Nyu Yorkda
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026