Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya: AQSh saylovlariga «aralashuv» bo‘yicha yozishmalarni e'lon qilishga tayyormiz
Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov
Rossiyaning kompyuter hodisalari bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruv markazi direktori o‘rinbosari Nikolay Murashov ma'lum qilishicha, Rossiya tomoni AQSh roziligi bilan Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga ehtimoliy «aralashuvi» mavzusi bo‘yicha yozishmalarni e'lon qilishga tayyor. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy kanallar orqali birinchi tegishli xabar 2016 yil oktabr oyida kelib tushgan. Shu bilan birga, barcha ma'lumot Rossiya tomonidan tahlil qilingan va AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasidan avval Vashingtonga topshirilgan.
«Shu nuqtai nazardan, Amerika tomoni bunga rozi bo‘lsa, biz barcha mavjud bo‘lgan yozishmalarni e'lon qilishga tayyormiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Murashov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq CNN telekanali AQSh prezidenti Donald Tramp jiddiy xavotirga tushib qolganini bildirgandi.
Mavzuga oid
11:44 / 02.05.2026
Tramp Kongressni Eron bilan urush to‘xtagani haqida xabardor qildi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
22:06 / 01.05.2026
AQSh O‘zbekistonga 26 migrantni deportatsiya qildi
21:58 / 01.05.2026