Xorijga chiqish pasportini Davlat xizmatlari markazlaridan ham olish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin
Xorijga chiqish pasportini Davlat xizmatlari markazlaridan ham olish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Kun.uz muxbiri Davlat xizmatlari agentligi direktori Halilillo To‘raxo‘jayev so‘zlariga tayanib xabar bermoqda.
«Barcha davlat xizmatlarining reyestri tuzilganda, pasport berish masalasi bunga kiritilmagandi. Ammo, xalqimizning talabidan kelib chiqib, kutilayotgan yilda xorijga chiqish pasporti joriy etilishi inobatga olingan holda, agentlik ushbu xizmatni muqobil tanlov shaklida ko‘rsatishni taklif etmoqda. Ya'ni, bir vaqtning o‘zida ichki ishlar organlari hamda agentlik markazlarida xizmati taqdim etilishi nazarda tutilgan», - deydi direktor.
To‘raxo‘jayevning aytishicha, xizmatlarni ishga tushirish va sifatli taqdim etishda kuzatilayotgan eng katta muammo bu - barcha tashkilot va idoralararo elektron ma'lumot almashinuvi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Ishlarni avtomatlashtirish yoxud elektron bazani yaratish katta resurs talab etmoqda.
Ma'lumot uchun, davlat xizmatlari reyestriga ayni paytda 693ta xizmat turi kiritilgan bo‘lib, shulardan 103tasi eksperiment tarzda agentlik tomonidan taqdim etiladi. Xizmatlarning ayrimlari muqobil tanlov shaklida joriy etilishi ham rejalashtirilmoqda. 9 oyida jami 2 mln 600 mingta (94 996) davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Ushbu xizmatlar 2017 yil mos davriga nisbatan 27 baravarga ortgan.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 1 yanvaridan boshlab xorijga chiqish uchun alohida pasport joriy etilishi Prezidentning 2017 yil 16 avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibini takomillashtirishga doir muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmonida ta'kidlangan edi.
Mavzuga oid
10:09 / 27.08.2022
Kadastr pasportini tayyorlash qanday muddatda amalga oshirilishi aytildi
12:17 / 17.08.2022
Xorijga chiqish pasportlarini berishda muammolar kuzatilmoqda
07:36 / 16.08.2022
Toshkent aeroportida Britaniya qalbaki pasportini noqonuniy qo‘lga kiritgan yetti kishi ushlandi
15:46 / 14.05.2022