12 may kuni Innovatsion rivojlaniş vazirligi taşabbusi bilan Xalqaro «Astma va allergiya-2022» konferensiyasi bölib ötdi, deb xabar bermoqda vazirlik. Tadbir davomida Özbekistonda ilk marta 5 nafar davolanuvçi bemorlarga «Allergik sezuvçanlik pasporti» topşirilgan.
Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazida zamonaviy ALEX-2 allergik multipleks çiplari asosida 282ta allergenlarga sezgirlik tekşiruvlari bepul yölga qöyilgan. Ötgan bir yilda, 1 021 nafar bemorda allergoçip usulida allergiyaga ta’sirçanligi örganildi.


Vazirlik axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, «Allergik sezuvçanlik pasporti» Özbekistonda ilk marta tadqiqot dasturi doirasida taqdim etildi. Innovatsion rivojlaniş vazirligi bunday pasportlarni keng ommaga taqdim etiş imkoniyatlarini örganib çiqmoqda.
Ma’lumot uçun, 2018 yilda prezidentning tegişli qarorida respublika aholisining «allergik pasporti»ni işlab çiqiş belgilangandi va buni işlab çiqiş Xalqaro molekulyar allergologiya markaziga yuklatilgan.












