Hukumat qarori bilan tasdiqlangan «Köçmas mulk obektiga kadastr pasportini beriş böyiça davlat xizmatlari körsatiş» ma’muriy reglamentiga köra, kadastr pasportini tayyorlaş obekt murakkabligiga qarab qator muddatlarda amalga oşiriladi.
Ular quyidagiça:
- köçmas mulk obektlari turar joyga oid qismi böyiça: köp kvartirali uydagi kvartira — 3 iş kunigaça; yakka tartibdagi turar joy — 5 iş kunigaça;
- köçmas mulk obektlarining noturar joyga oid qismi böyiça: umumiy maydoni 100 kv m — 5 iş kunigaça; umumiy maydoni 100 kv mdan 1 000 kv mgaça — 7 iş kunigaça; umumiy maydoni 1 000 kv mdan 5 000 kv mgaça — 10 iş kunigaça; umumiy maydoni 5 000 kv mdan 15 000 kv mgaça — 15 iş kunigaça; umumiy maydoni 15 000 kv mdan 50 000 kv mgaça — 20 iş kunigaça; umumiy maydoni 50 000 kv mdan ortiq — 25 iş kunigaça;
- ajratilgan yer uçastkalari böyiça — 3 iş kunigaça.
Kadastr (yiğmajildi) pasporti yöqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qoğoz yoki plastik şaklda yangi kadastr pasporti 2 iş kuni mobaynida beriladi.











