Sport | 03:23 / 13.12.2018
16951
3 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Yuventus" va "MYu" safarda mag‘lubiyatga uchradi, "Siti" o‘z maydonida "Hoffenxaym"ni yengdi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi o‘yinlari o‘tkazildi va pley-offning so‘nggi ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi.

"F" guruhida ikkinchi o‘rin uchun da'vogarlarning o‘zaro bahsi "Shaxter" – "Lion" o‘yinida durang qayd etildi. Bu natija mehmonlarga keyingi bosqich yo‘llanmasini taqdim etgan bo‘lsa, ukrainlar kurashni Yevropa Ligasida davom ettiradigan bo‘ldi.

"Yang Boyz" maydoniga safar qilgan "Yuventus" 2:1 hisobida mag‘biyatga uchradi. Maydon egalari safida Oaro dublga erishgan bo‘lsa, mehmonlarning yagona goli Dibala tomonidan kiritildi. 

"Valensiya" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mezbonlar safida Soler hisobni ochgan bo‘lsa, 2-golni "MYu" a'zosi Jons o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi. Mehmonlarning yagona goli 87-daqiqada Reshford tomonidan kiritildi. 

Yang Boyz – Yuventus 2:1

Gollar: 1:0 – 30, penalti Oaro, 2:0 – 68 Oaro, 2:1 – 80 Dibala.
Yang Boyz – Velfli, Kamara, Garsiya, Mbabu, Benito, Sou (Vyutrix, 90), Lauper, Ebisher, Fassnaxt (Bertone, 80), Oaro, Ngamale (Shik, 85).
Yuventus – Shchensny, De Shilo (Dibala, 72), Bonuchchi, Rugani, Pyanich (Jan, 65), Kuadrado (Aleks Sandro, 23), Bentankur, Duglas Kosta, Bernardeski, Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kamara (62), Bernardeski (64), Garsiya (72), Velfli (83).

Valensiya – Manchester Yunayted 2:1

Gollar: 1:0 – 17 Soler, 2:0 – 47, avtogol Jons, 2:1 – 87 Reshford.
Valensiya – Domenek, Toni Lato (Garay, 51), Pichchini, Ruben Vezu, Diakabi, Parexo, Soler, Cheryshev (Ferran Torres, 66), Kondogbia, Santi Mina (Rodrigo, 68), Batshuayi.
Manchester Yunayted –    Romero, Jons, Roxo (Yang, 46), Bayi, Valensiya, Pereyra, Fellayni, Mata, Pogba, Fred (Reshford, 57), Lukaku (Lingard, 69).
Ogohlantirishlar: Valensiya (11), Toni Lato (28), Bayi (30), Reshford (81).

Manchester Siti – Hoffenxaym 2:1
Gollar: 0:1 – 16, penalti Kramarich, 1:1 – 45 Sane, 2:1 – 61 Sane.

Ayaks – Bavariya 3:3
Gollar: 0:1 – 13 Levandovski, 1:1 – 61 Tadich, 2:1 – 82, penalti Tadich, 2:2 – 87, penalti Levandovski, 2:3 – 90 Koman, 3:3 – 90, avtogol Zyule.

Benfika – AYeK 1:0
Gol: 1:0 – 88 Grimaldo.

Shaxter – Lion 1:1
Gollar: 1:0 – 22 Morayes, 1:1 – 65 Fekir.

Азимжон Бердибеков
Tayyorlagan Азимжон Бердибеков
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid