Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi bo‘lib o‘tdi
Foto: Dreamstime
Saudiya Arabistonining savdo-sanoat palatalari kengashi raisi Sami bin Abdulloh al-Ubaydiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibiga iqtisodiyot va savdo sohalariga javob beruvchi tuzilmalar, oziq-ovqat, to‘qimachilik sanoati, qishloq xo‘o‘jaligi, ma'danli zaxiralar, qurilish, elektronika va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi 20 dan ko‘proq kompaniya vakillari kirgan.
Toshkentda tashrif doirasida O‘zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum ishtirokchilari ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Mehmonlar O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishgan hamda erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari haqida ma'lumot olishgan. Forumda O‘zbekistonning investitsion, turistik va eksport salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, tadbir davomida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida V2V shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi tovar aylanmasi 42 mln dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid
12:05 / 20.04.2026
Bedarak yo‘qolgan moviy olmos – tailandlik xizmatchi Saudiya qirollik oilasining boyliklarni qanday o‘g‘irlagandi?
07:33 / 17.04.2026
Saudiyaning bir kilometrlik minorasi qurilishi 100-qavatga yetdi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
11:48 / 16.04.2026