Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FOT bosh kotibi arab davlatlarini Avstraliya bilan aloqalarni uzishga chaqirdi
Falastin ozodlik tashkiloti ijroiya qo‘mitasi bosh kotibi Saib Arikat arab davlatlarini G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan Avstraliya bilan aloqalarni uzishga chaqirdi. Bu haqda Dunya Al Watan portali xabar berdi.
Arikat arab davlatlaridan "arab yetakchilari uchrashuvida qabul qilingan arab davlatlariga Quddusni yahudiylar davlati deb tan olgan har qanday mamlakat bilan aloqalarni uzish majburiyatini yuklovchi" qarorni bajarishni talab qildi.
Avvalroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison mamlakat hukumati G‘arbiy Quddusni Isroil poytaxti deb tan olishini bildirgandi.
Hozirda Quddusda AQSh va Gvatemala elchixonalari joylashgan. Elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirgan uchinchi davlat Paragvay bo‘ldi, ammo keyinroq uni yana Tel-Avivga qaytarishga qaror qildi.
Mavzuga oid
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
18:02 / 01.05.2026
Infantino jonli efirda Isroil va Falastinni yarashtirishga urindi
19:07 / 27.04.2026