Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada rekord kattalikdagi olmos topildi
Kanadadagi Dayavik konida og‘irligi 552 qirot (110,4 gramm) keladigan olmos topildi. Bu haqda Dominion Diamond Mines kompaniyasi xabarida ma'lum qilingan. Bu olmos Shimoliy Amerika hududida topilgan eng katta olmos bo‘ldi.
Ma'lum qilinishicha, qimmatbaho tosh oktabrda Qutb doirasidan 217 km janubroqda topilgan. Dayavik dunyoda olmos qazib oluvchi eng yirik kompaniya – Dominion’ning ikkita konidan biri hisoblanadi.
Topilgan olmos Shimoliy Amerikada 2015 yilda topilgan rekord darajadagi olmosdan ancha yirikroq bo‘lib, o‘lchami bo‘yicha tovuq tuxumidek keladi.
Ta'kidlanishicha, topilgan olmos shu ko‘rinishida sotilmaydi. Dastlab uni olimlar o‘rganishadi. Keyin esa yuqori malakali mutaxassislar olmosni bo‘laklarga bo‘lib, sayqal berishadi. Olmosning bozor qiymatini hozircha baholashning imkoni bo‘lmagan.
Tarixda topilgan eng katta olmos “Kullinan” bo‘lib, uning og‘irligi 3106 qirotni tashkil qilgan. Qimmatbaho tosh 1905 yil 25 yanvarda Janubiy Afrika Respublikasida, Tomas Kullinanga tegishli konda topilgan.
Mavzuga oid
16:51 / 04.04.2025
Rossiya tarixidagi eng katta olmos - «Yangi Quyosh» sayqallandi
18:30 / 26.12.2024
Olimlar atigi 15 daqiqada olmos yaratishni o‘rgandi
16:58 / 11.11.2024
Dunyoda brilliantlar narxi arzonlashmoqda
10:50 / 21.10.2024