Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya faoliyati tiklanadi
2018 yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston-Avstriya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Dilshod Axatov va Avstriya Respublikasining Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha Federal vazirligining siyosiy direktori Aleksandr Marshik boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar holati va uni kengaytish istiqbollari batafsil o‘rganib chiqildi, mintaqaviy va xalqaro masalalar bo‘yicha mavqelar yuzasidan fikr almashildi.
Ta'kidlanganidek, tashqi siyosiy hamkorlikning mustahkamlanishi davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun aniq sharoitlar yaratadi, bu esa ikki mamlakat milliy manfaatlariga mos keladi.
Suhbat chog‘ida turli darajalar va shakllardagi O‘zbekiston-Avstriya uchrashuvlarini tashkillashtirish, jumladan, 2019 yilda qo‘shma biznes-forum o‘tkazish, oxirgi majlisi 5 yil oldin o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya faoliyatini qayta tiklash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Ikki tomonlama munosabatlar salohiyatini tatbiq etish masalalarini muhokama qilish chog‘ida 2018 yilning 9 oyi mobaynida tovar aylanmasi 71 mln AQSh dollaridan oshib, butun 2017 yilga qaraganda uchdan biriga ko‘proqni tashkil etgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Avstriya ishbilarmon doiralari ishtirokida muhim investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Avstriyadan bir qator mutaxassislar O‘zbekiston Xalq ta'limi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Savdo-sanoat palatasiga maslahatchi sifatida ishga qabul qilingan.
Uchrashuvda umumiy kun tartibidagi boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Maslahatlashuvlarda Avstriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Alois Kraut ishtirok etdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026