Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ukrainadagi harbiy vaziyat qachongacha amal qilishi mumkinligini aytdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kiyevdagi matbuot anjumanda mamlakatda kiritilgan harbiy vaziyat tartibining amal qilish muddatlari haqida so‘zladi.
“Agar katta ko‘lamli tajovuz, Rossiya qurolli kuchlarining Ukraina hududiga bostirib kirishi boshlanmasa, harbiy vaziyat uzaytirilmaydi”, deb aytgan Poroshenko.
Poroshenkoning ta'kidlashicha, harbiy vaziyat bekor qilingach prezident saylovlariga tayyorgarlik boshlanadi. Uning aytishicha, istalgan holatda ham harbiy vaziyat saylovlar o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmaydi.
Oliy rada Kerch bo‘g‘ozida ukrain harbiy kemalarining Rossiya tomonidan ushlanishi voqeasidan keyin Poroshenkoning Ukrainaning 10 ta viloyatida 30 kunlik muddatga harbiy vaziyat kiritilishi haqidagi farmonini ma'qullagan. Hujjat 29 noyabrdan kuchga kirgan. Harbiy vaziyat fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini vaqtinchalik cheklashga imkon beradi.
Mavzuga oid
20:40
Konstantinovka kimning qo‘lida – Donbassning strategik muhim shahridagi vaziyat haqida
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
17:15 / 04.07.2026