Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha qaror qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasi Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi kengaytirilishi rejalashtirilayotgan qabristonlar va ularga ajratilayotgan yer maydonlari ro‘yxati, Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash ishlarini moliyalashtirishning asosiy parametrlari va 2018-2020 yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasini ta'minlash uchun maxsus avtotransport va texnika vositalari ro‘yxati tasdiqlandi.
Toshkent shahar xokimligi ilovaga muvofiq turar joy va noturar joy binolari buzilishi hisobiga qabristonlar uchun ajratiladigan yer uchastkalarini Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga biriktirib berish choralarini ko‘radi.
Hujjat bilan Toshkent shahridagi qabristonlarni kengaytirish, Toshkent viloyati hududidan Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasiga yer maydonlari ajratilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahar mahalliy byudjyetining har chorak yakuni bo‘yicha prognozdan ortiqcha tushgan daromad qismi mablag‘lari, zaxira jamg‘armasi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilangan tartibda qoplab berilishi belgilab qo‘yildi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahridagi qabristonlarning sanitariya holatini yaxshilash bilan bog‘lik tadbirlarni bajarish - har yili Toshkent shahrining obodonlashtirish sohasi uchun ajratiladigan mablag‘lar, Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasini maxsus avtotransport va texnika vositalari bilan ta'minlash - Toshkent shahar mahalliy byudjyetining qo‘shimcha manbalari;
qabristonlardagi elektr energiyasi, gaz ta'minoti, aloqa tarmog‘i, ichimlik suv va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish va ta'mirlash ishlari - "O‘zbekenergo" AJ, "O‘ztransgaz" AJ, "O‘zbektelekom" AK va "Suvsoz" DUKning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Toshkent shahridagi qabristonlar maydonlarini kengaytirish va sanitariya holatini yaxshilash ishlari bajarilishi monitoringini olib borish Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishchi ryruhi zimmasiga yuklandi.
Mavzuga oid
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024