Jamiyat | 16:43 / 18.12.2018
13254
2 daqiqa o‘qiladi

Dushanbeda yunon-rum kurashi bo‘yicha taniqli murabbiyni isitgich va telefon tufayli o‘ldirib ketishdi

Foto: Asia-Plus

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida SSSR sport ustasi, yunon-rum kurashi bo‘yicha 82 yoshli murabbiy Ivan Polyakov talonchilar qurboniga aylandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, 8 dekabrga o‘tar tunda o‘z uyida noma'lum shaxslar tomonidan hujumga uchragan sportchi halok bo‘lgan.

Taniqli murabbiyning shogirdlaridan biri - Shahobiddin Mansurov Polyakovni bosh miya jarohati bilan og‘ir holatda topgan. U Milliy tibbiyot markaziga olib ketildi va 5 kun o‘tib, hushiga kelmay hayotdan ko‘z yumdi.

Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchilar eshikni buzishgan va Dushanbe shahri I.Somoniy tumanida joylashgan uyga bostirib kirishgan. Keksa yoshli erkakning boshiga stul bilan zarba berilgan, so‘ng uydagi narsalar o‘marilgan: qiymati 2800 somoniy (448 dollar) bo‘lgan elektr isitgich va mobil telefon.

Politsiya xodimlari gumondorlarni qo‘lga olishdi, ular Polyakovga qo‘shni bo‘lgan yosh yigitlar ekani aniqlandi.

Mavzuga oid