Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Qrim va Sevastopolning «harbiylashuvi»ga munosabat bildirdi
Moskva Qrim va Sevastopol, shuningdek, Qora dengiz va Azov dengizining bir qismi harbiylashuvi to‘g‘risidagi Ukraina rezolyutsiyasini qabul qilgan BMT Bosh assambleyasining qaroridan norozi ekanini bildiradi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi. Uning so‘zlari RIA Novosti tomonidan keltirilgan.
«Biz bu borada chuqur afsusdamiz», - dedi u.
Kreml vakilining ta'kidlashicha, yarim orol «fuqarolar irodasi» asosida Rossiyaga qayta qo‘shildi, u «o‘sha paytda Ukrainadagi amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshirildi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Qrimning harbiylashuvi bo‘yicha Ukraina rezolyutsiyasini qabul qilgandi.
Rezolyutsiyada aytilishicha, Rossiya armiyasining Qrimdagi ishtiroki «Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligi»ga zid keladi.
Shuningdek, Bosh assambleya hujjatda Azov va Qora dengizlarda Rossiya harbiy ishtirokining «ortib borayotgani» hamda Azov dengizida xorijiy kemalar o‘tishiga cheklovlar o‘rnatilganini qoraladi.
O‘zbekiston esa Ukrainaning Qrim bo‘yicha rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, BMT Bosh assambleyasining 66 mamlakati rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, 72tasi betaraf qoldi.
O‘zbekistondan tashqari, Armaniston, Belarus, Boliviya, Burundi, Kamboja, Kuba, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), Eron, Laos, Myanma, Nikaragua, Rossiya Federatsiyasi, Serbiya, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Venesuela va Zimbabve ham qarshi ovoz berdi.
Mavzuga oid
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
13:38 / 06.07.2026
Rossiya Kiyevni yana o‘qqa tutdi – suratlar
12:11 / 06.07.2026