Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mashhur yozuvchi Gabriel Garsiya Markesning nabira jiyani o‘g‘rilar qo‘lidan ozod etildi
Foto: RIA Novosti / Dmitriy Znamenskiy
Kolumbiya prezidenti Ivan Duke kolumbiyalik mashhur yozuvchi Gabriel Garsiya Markesning nabira jiyani o‘g‘rilar qo‘lidan ozod etilganini ma'lum qildi.
“Kolumbiya qurolli kuchlari va politsiyasining Magdalena departamentidagi amaliyoti natijasida Melisa Martines Garsiyani qutqarishga muvaffaq bo‘lindi. Kuchlarimizga uyushqoq ish uchun minnatdorlik bildiraman”, deb yozgan Duke tvitterda.
Dukening ma'lum qilishicha, yozuvchining 34 yoshli nabira jiyani 23 augustda o‘g‘irlab ketilgan. Biroq u ayolni kimlar o‘g‘irlaganiga oydinlik kiritmagan.
Ta'kidlanishicha, jinoyatchilar ayol uchun 5 mln dollar so‘rashgan.
Melisa Martines Garsiya yozuvchining ukasi Xayme Garsia Markesning nabirasi hisoblanadi.
Gabriel Garsia Markes 2014 yil aprelda 87 yoshida Mexikoda vafot etgan. Yozuvchi, jurnalist, noshir va siyosiy arbob bo‘lgan Markes 1982 yilda adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. U “Tanholikning yuz yili”, “Patriarx ko‘zi”, "Oshkora qotillik qissasi" va “Polkovnikka hech kim yozmaydi” kabi mashhur kitoblar muallifi hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
23:13 / 05.01.2026
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
19:32 / 05.01.2026