Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida bir oylik obodonlashtirish aksiyasi boshlandi
17 dekabr kuni Nurafshon shaharchasida «Obod qishloq» dasturida doirasida, «Ozoda mahalla» shiori ostida obodonlashtirish va tozalik ishlari aksiyasi boshlandi.

Unda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, viloyat «Toza hudud» DUK, viloyat hokimligi, prokuraturasi, IIBB hamda DSENM xodimlari ishtirok etmoqda.

Aktsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 marchdagi PQ-3630-sonli qarori, Toshkent viloyati hokimining 2018 yil 12 iyuldagi 410-F-sonli farmoyishi asosida tashkil etilgan. Uning doirasida shahar va tumanlar shoh ko‘chalarini tozalash, yo‘llarni ta'mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, viloyat hududidan oqib o‘tuvchi kanallar, soylar va daryolar atrofini tozalash va obodonlashtirish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

«Ozoda mahalla» shiori ostidagi obodonlashtirish tadbirlari bir oy – 17 dekabrdan 18 yanvarga qadar davom etadi.


Mavzuga oid
18:30 / 30.04.2026
Ko‘p kvartirali uylarda yashil hududlarni o‘zboshimchalik bilan qisqartirish taqiqlandi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026