Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
190 kg keladigan 12 yoshli bola shakardan voz kechib 2 barobarga ozdi
190 kgdan ko‘proq og‘irlikka ega indoneziyalik 12 yoshli bola Arya Permana 2 barobarga ozib, endi futbolchi bo‘lishni orzu qilmoqda. Ara shakar iste'mol qilishdan to‘liq voz kechib, 95 kg vazn tashlamaguncha Indoneziyadagi eng semiz bola hisoblangan.
Ara haqida internetda uning suv solingan rezervuarda o‘ynab o‘tirgani lavhalari paydo bo‘lgach, ma'lum bo‘lgan. Bola videoda ikki erkak yeya olmaydigan ovqatni talab qilgan.
Uning o‘lchamlari muntazam kattalashib borgan. Biroq bola har doim shunday bo‘lmagan. U normal og‘irlikda sog‘lom tug‘ilgan, biroq 2 yoshidan jadal semira boshlagan. Bolaning ota-onasi uni boqish uchun qo‘shnilari va qarindoshlaridan qarz olishiga to‘g‘ri kelgan. Bola kuniga besh martagacha ovqat yegan.
Oxir-oqibat Ara qat'iy parhezga o‘tkazilgan va hozirda uning vazni 100 kgga yaqinni tashkil qilmoqda. U kuniga 5 kmdan ko‘proq yo‘l yurib, do‘stlari bilan badminton o‘ynaydi. Avval u ortiqcha vazn sababli hattoki maktabga bora olmagan.
“Endi men baxtiyorman, chunki yuraman va o‘ynay olaman. Men hozirda avvalgidan ancha abjirroqman. Men har kuni futbol o‘ynayman va professional sportchi bo‘lmoqchiman”, deydi bola.
Ara, shuningdek, unga ortiqcha vazn tashlashga yordam bergan bariatrik operatsiyani boshdan o‘tkazgan.
Mavzuga oid
11:29 / 27.06.2026
TikTok va YouTube Indoneziyada 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntini o‘chirdi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026
2026 yilda Imom Buxoriy majmuasiga 100 ming indoneziyalik ziyoratchi kelishi kutilmoqda
11:17 / 10.02.2026