Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon energetiklari bir yarim mingga yaqin xonadon uchun qo‘shimcha tarmoqni ishga tushirdi

Andijon viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi kuz-qish mavsumida aholi hamda iqtisodiy-ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz elektr ta'minoti bilan ta'minlash yo‘lida qator ishlarni amalga oshirmoqda.



Andijon shahar elektr ta'minoti korxonasi Bobur bo‘limi tasarrufidagi podstansiya “Takavoy” fideri orqali shahardagi Paxtakor, Shodlik, Mehnat, Xursandlik, Nayzaqayrag‘och MFylarini elektr energiyasi bilan ta'minlaydi. Fiderda 31 dona transformator punkti bo‘lib, ular 2568ta xonadonga xizmat ko‘rsatar edi. Hozirda mazkur liniyaning yukini yengillatish maqsadida qo‘shimcha tarmoq qurish ishlari yakuniga yetkazildi.


“Aholi xonadonlariga qulaylik yaratish uchun qurilayotgan qo‘shimcha tarmoq uchun 4 kilometr uzunlikdagi AS-50 markali ochiq sim,50 dona travers, 330 dona izolyator, beton tayanchlari singari moslamalar ishlatilib, 40 nafardan ziyod mutaxassislarimiz ish olib bordilar. Bajarilgan ishlar samarasi natijasida 1300 taga yaqin xonadonlarning elektr ta'minoti yaxshilandi”, – deydi viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi o‘rinbosari Sardorbek Yusupov.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri