Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask Los-Anjyeles ostidagi yer osti tunnelini ochib berdi
Amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask Los-Anjyeles ostida o‘zining yana bir kompaniyasi - The Boring Company’ning birinchi tunnelini ochdi.
Bu avtomobilchilarga tezroq va tirbandliklarsiz harakatlanish imkonini beradigan birinchi tunnel bo‘ldi.
Mask tomonidan taqdimot marosimida ma'lum qilinishicha, tunnelda tez harakatlanish uchun avtomobillar kerak bo‘lganda chiqariladigan va kerak bo‘lmaganda olinadigan yon g‘ildiraklar bilan jihozlanadi. Bu texnologiyani Mask o‘zining Tesla avtomobilida namoyish etib berdi. Uning aytishicha, bunday g‘ildiraklarni boshqa markalardagi avtomobillar uchun ham tayyorlash va o‘rnatish mumkin.
«Bu tezlik bilan shahar bo‘ylab teleportatsiya bo‘layotganga o‘xshaysan», degan u.

Ushbu tunnelda o‘rtacha harakatlanish tezligi soatiga 240 kilometrni tashkil etadi.
SpaceX bosh ofisidan boshlanib Los-Anjyelesning 120-ko‘chasida tugaydigan tunnelning hozircha 3 kilometri ochilgan. Ilon Mask kelgusida Los-Anjyeles bo‘ylab haydovchisiz boshqariladigan avtobuslar va shaxsiy avtomobillarga mo‘ljallangan yer osti yo‘llarini bunyod etishni rejalashtirmoqda.
Qayd etish kerakki, tunnel dastlab avtomobillar uchun mo‘ljallangan, biroq keyinroq Mask konsepsiyani piyodalar, jamoat transporti va velosipedchilar foydasiga o‘zgartirgan.
Vaqt o‘tishi bilan tunneldan tezyurar yo‘lovchi kapsulalari harakatlana boshlaydi.
Sinov tunneli qurilishi uchun The Boring Company 10 million dollar sarflagan.
Mask 2016 yil oxirida burg‘ilash ishlari bilan shug‘ullanadigan The Boring Company kompaniyasiga asos solgandi. Birinchi tunnel qurilishi ishlari 2017 yil iyunida boshlangandi. Kompaniya transport o‘tishi uchun yer ostidan 3,2 kilometr masofani qazib, tayyorladi.
Ushbu loyiha butun shahar bo‘ylab quriladigan tunnel tarmog‘ining shohbekati hisoblanadi. Loyiha butun Amerika bo‘ylab davom ettirilishi va keyingi bosqichda Texas hamda San-Frantsiskoda ham shunday tunnellar qurilishi mumkin.
Mavzuga oid
22:52 / 24.01.2026
Mask Tesla robotlari sotuvini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
09:38 / 19.01.2026
2025 yilda o‘ta boy odamlarning boyligi yangi rekordga yetdi
19:33 / 27.12.2025
Xitoyda dunyodagi eng uzun tunnel ochildi
20:18 / 26.12.2025