Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 dekabr kuni Chimyonda yangi «SURPA» ko‘ngilochar-sport va sayyohlik majmuasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi
Shaharning shovqin-suronli, tezkor turmush tarzidan biroz tin olishni yoki shunchaki maroqli hordiq chiqarish uchun Shveytsariyaning dong‘i ketgan Alp tog‘larini orzu qilyapsizmi? Endi xorijga uzoq safarga chiqishga hojat yo‘q. Dengiz sathidan 1700 metr balandlikda Chimyon tog‘larida barpo etilgan yangi majmua sizga unutilmas damlarni taqdim etadi.
«SURPA» ko‘ngilochar-sport va sayyohlik majmuasida o‘zingizni Alp tog‘lariga borgandek his qilasiz! Toshkent shahridan 85 km uzoqlikdagi majmuada barcha yoshdagi dam oluvchilar uchun hamma sharoitlar muhayyo qilingan. Bolalar maydonchalari va attraksionlar deysizmi, sport zallari va kortlar, milliylik ufurib turgan zamonaviy choyxonalar, kottej va chaletlar to‘qqiz gektar maydonda o‘zaro uyg‘unlikda mujassamlashgan.
Loyiha tashkilotchilari mazkur majmuani barpo etishda o‘zlarining oldiga ulkan maqsadlarni dasturilamal sifatida belgilab olishgan edi.
Buning samarasi o‘laroq, «SURPA» aholiga keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etgan holda tog‘ yonbag‘irlariga oshufta mahalliy va xorijiy sayyohlar, yosh avlod orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi raqobatbardosh maskan barpo etish hamda yanada rivojlantirish imkonini berdi. Shu bilan birga, umuman yangi xalqaro, sayyohlik, sport-sog‘lomlashtirish va madaniy-ko‘ngilochar markazi barpo etildi.
Shundan kelib chiqib, aytish mumkinki, tog‘-chang‘i uchuvchilari va qishki sport turlarini xush ko‘radigan hamda ekologik toza muhitda dam olish, sog‘lig‘ini tiklashni istaganlar, umuman, sifatli hordiq chiqarishni xohlovchilar uchun «SURPA» ko‘ngilochar-sport va sayyohlik majmuasida barcha sharoitlarni yaratilgan bo‘lib, butun dunyodan sayyohlarni jalb qilish imkoniyati vujudga keldi. Shuningdek, O‘zbekistonda yana bir, barcha zamonaviy talab va standartlarga tamomila javob bera oladigan tog‘-chang‘i sport bazasi tashkil etildi.
Qishki sport turlari bilan shug‘ullanuvchi sport klublari, sayyohlik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish barobarida majmuada xalqaro sport turnirlarini o‘tkazish uchun ham sharoitlar mavjud.
Demak, qishki ta'til kunlarini maroqli va mazmunli o‘tkazishni istasangiz, «SURPA»ni tanlang, adashmaysiz! Boring, ko‘ring va hordiq chiqaring! Siz bunga munosibsiz!
Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent QFY, Beldersoy qishlog‘i
Murojaat uchun telefon: +99899 8236050, +99897 4078088
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
09:40 / 18.06.2026
Katta Chimyon tog‘ida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazildi
09:18 / 21.03.2026
21 martdan Chimyon va Amirsoyga yangi mikroavtobuslar qatnaydi
09:01 / 30.01.2026
Bo‘stonliqning Chimyon hududida qor ko‘chkisi kuzatildi
17:01 / 05.08.2025