Toşkent viloyati Böstonliq tumanida toğli hududga noqonuniy ravişda quriliş çiqindilari tökib kelingani aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu holat aks etgan video lavha tarqaldi.

Video lavhada bir neçta yuk maşinalari hududdagi soyga quriliş çiqndilarini tökib ketayotganini köriş mumkin.

Çuqurlikda töplangan çiqindidan bu yerga 1-2 maşina emas, tonnalab quriliş çiqindisi taşlanganini biliş qiyin emas.

Toşkent viloyati Ekologiya boşqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, holat Böstonliq tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi bölimi davlat ekologik nazorati inspektorlari tomonidan örganilgan. Örganiş davomida ikki fuqaro tomonidan çiqindilar belgilanmagan joyga joylaştirilganligi aniqlangan.

Huquqbuzarlik böyiça aybdor şaxslarga nisbatan ma’muriy javobgarlik çorasi körilgan.

Kun.uz’ning Ekologiya vazirligidagi manbasi uşbu holatda boşqa aybdorlarni ham topiş çoralari körilayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, hududga kamera örnatilib, töliq nazoratga olinadi.